Avtomat va UZO: uyingizni tokdan himoya qilishning to'g'ri yo'li
17/08/2026 · 4 marta o‘qildi
Avtomat — bu shunchaki «probka» emas, uyingizning yong'in va tok urishidan himoyachisi. Noto'g'ri nominal tanlansa yo doim o'chib turadi, yo hech qachon o'chirmaydi (bu xavfli).
Avtomat nominalini tanlash
Qoida: avtomat KABELNI himoya qiladi, jihozni emas.
- 1.5 mm² kabel → 16A dan katta emas
- 2.5 mm² → 25A gacha
- 4 mm² → 32A gacha
C harfi — ishga tushish xarakteristikasi. Uy uchun doim C olinadi (B — juda sezgir, D — sanoat uchun).
UZO nima uchun kerak
Avtomat qisqa tutashuvdan himoya qiladi, lekin tok URISHIDAN himoya qilmaydi. Buni UZO qiladi: tokning bir qismi «yo'qolsa» (masalan odam tanasi orqali yerga ketsa) millisekundlarda o'chiradi.
- Vanna, oshxona liniyalariga — 30mA UZO majburiy
- Umumiy kirishga — 100-300mA (yong'inga qarshi)
Difavtomat = avtomat + UZO
Bitta korpusda ikkala himoya. Joy tejaydi, lekin qimmatroq. Kichik shitlarda qulay.
Shit yig'ish tartibi
- Kirish avtomati (umumiy)
- Yong'inga qarshi UZO
- Har liniyaga alohida avtomat (yoritish, rozetkalar, oshxona...)
- Nam xonalar liniyalariga 30mA UZO yoki difavtomat
Elmaxda Schneider, IEK, EKF avtomatlar hamda tayyor shit-bokslar bor — hammasi sertifikatli.
Kerakli mahsulotni tanladingizmi?
Katalogda 70+ elektro-mahsulot — 3 soatda yetkazamiz
Katalogga o‘tish